Boysunda zamonaviy maktab qurildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Oʻttiz uch yil muqaddam bunyod etilgan maktabda qoʻshimcha ikki qavatli zamonaviy bino qurilib foydalanishga topshirildi.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Yuqori Machay mahallasi purviqor togʻ qoʻynida joylashgan. U tumanning eng chekka qishloqlaridan. Togʻ qoʻynidagi bolalar zamonaviy maktabdan bahramand boʻlishlari — rostdan bu quvonchli xabar!

— Bundan 33-yil oldin hududimizda kichkina maktab qurilgan edi, — deydi mahalla nuroniysi Menglimamat Axmedov. — Aholi yil sayin oʻsyapti. Maktab yoshidagi oʻgʻil-qizlarimizning soni 652 nafarga yetdi. Maktab sinfxonalarining yetishmasligidan dars mashgʻulotlari ikki bosqichda boʻlib oʻtilayotgandi. Hatto baʼzi oilalar farzandlari 6 kilometr olisdagi maktabga ham qatnayotgandi. Endi bu qiyinchiliklar ortda qoldi.
Togʻli hududlarda yashovchi bolalar uchun zamonaviy maktablar qad rostlayotgani mamlakatimizda taʼlim tizimining rivojlanishi va barcha bolalar uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan muhim islohotlardan. Buning natijasida bolalarning taʼlim olish darajasi oshib, ularning kelajakdagi imkoniyatlari kengayadi va jamiyatning rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshadi.

Ushbu maktab binosi 140 oʻringa moʻljallangan boʻlib, investitsiya dasturi asosida “Muqtadir Ixtisos taʼmir” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 2 mlrd. 700 mln. soʻm pul mablagʻlari evaziga qurib bitkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring