Boysunda “Vousun Trail” xalqaro eko-yarim marafoni» oʻtkaziladi

12:22 28 Oktyabr 2024 Jamiyat
180 0

Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Joriy yilning 28-29-oktyabr kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Vousun Trail” xalqaro eko-yarim marafoni oʻtkaziladi.

“Vousun Trail” xalqaro eko-yarim marafoni bugun soat 13:00da xushmanzara — “Xoʻjamayxona” darasida start oladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu xalqaro eko-yarim marafoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?