“Bogʻi eram”da elektr tarmogʻi yaxshilandi

12:29 26 Sentyabr 2024 Jamiyat
122 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Kuzning ortga sari chekinayotgan har bir kuni qish fasliga yaqinlashtirmoqda. Shu bois joylarda mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Jumladan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan taʼminotdagi uzilishlarga barham berilmoqda.

— Andijon shahridagi “Bogʻi eram” MFYda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi, — deydi jamiyat xodimi Muxlisaxon Sobirova. — Ushbu manzilda 26 ta simyogʻoch temir-beton tayanchlarga almashtirilib, 1 kmdan ziyod elektr uzatish tarmogʻi tortildi. Shuningdek, 1 ta transformator punkti oʻrnatilib, mavjud muammo bartaraf etildi.

Amalga oshirilgan saʼy-harakatlardan tabiiyki, aholi minnatdor!

— Har yili kuz-qish mavsumi yaqinlashgani sari elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar tashvishimizni oshirar edi, — deydi ushbu mahallada yashovchi Tursunboy Oqilov. — Sababi, favqulodda holatlarda chiroq oʻchib qolishi bir qancha muammolarga sabab boʻlayotgandi. Mahallamizda amalga oshirilgan ishlar yogʻin-sochinli kunlarga qolmay yakuniga yetishi natijasida elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq barcha muammolarimiz ijobiy yechim topdi.

Hududda bajarilgan bu vazifalar natijasida 100 dan ortiq xonadonga xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?