BMTTD yashil energiya sohasida Oʻzbekiston hududlaridagi mono-markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) Oʻzbekistonda energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishni, shu jumladan ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali faol qoʻllab-quvvatlaydi. 2024-yil avgust sentyabr oyilarida 16 ta hududiy “Ishga Marhamat” monomarkazlariga quyosh panellari va quyosh isitgichlarini (quyosh kollektorlarini) oʻrnatish boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun oʻquv jihozlari va oʻquv materiallari (taqdimotlar, oʻquv qoʻllanmalari va tarqatma materiallar), shuningdek, amaliy mashgʻulotlar uchun quyosh panellari va quyosh kollektorlarining maketlari taqdim etildi.
Uskunalarni topshirish marosimlari Buxoro, Qarshi, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida joylashgan monomarkazlarda boʻlib oʻtdi. Uskunalarni topshirish 2023-yil oktyabr noyabr oylarida “Ishga Marhamat” monomarkazlari oʻqituvchilari (elektrik va santexnik-chilangarlar mutaxassisliklari boʻyicha) uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlash boʻyicha oʻtkazilgan treninglarning mantiqiy davomi boʻldi. Tadbirlar BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida oʻtkazildi. Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Birgalikdagi saʼy-harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16-yil 2023-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorini amalga oshirishga qaratilgan.
Yiliga 300 ga yaqin quyoshli kun boʻlgan Oʻzbekistonda tekin toza quyosh energiyasidan foydalanish zarur. Bu, ayniqsa, anʼanaviy elektr energiyasi har doim ham mavjud boʻlmagan qishloq joylarida toʻgʻri keladi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish koʻplab infratuzilma masalalarini hal qilishi mumkin. BMTTD va hamkorlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari ushbu sohada malakali mutaxassislar yetishmovchiligini toʻldirishga qaratilgan. Taqdim qilingan uskunalar ishtirokchilarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarini oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy koʻnikmalarni egallash imkonini beradi, bu esa barqaror energiyani keng joriy etish va yashil ish oʻrinlarini yaratishga yanada hissa qoʻshadi.
BMTTD tomonidan hududiy “Ishga Marhamat” monomarkazlariga berilgan oʻquv jihozlari kelgusida monomarkaz xodimlariga mustaqil ravishda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. Oʻquv kursi quyosh kollektori va quyosh panellarning ishlash tamoyillari, elektr taʼminotiga qoʻyiladigan talablar va ulardan foydalanish xavfsizligi, qayta zaryadlanuvchi batareyalarning xususiyatlari va boshqa koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha narsalar, jumladan, quyosh batareyalari va quyosh kollektorlarini oʻrnatish va yigʻish koʻnikmalarini egallash uchun oʻquv modellari bilan taʼminlangan.
Eslatib utamiz, BMTTD “Oʻzbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi energiya samarador texnologiyalar va qurilish materiallarini kreditlash mexanizmini ishlab chiqish, sinab koʻrish, keng koʻlamda ommalashtirish vositasi orqali Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan joylarda uy-joylar qurilishi sektorini yanada barqaror va past-uglerodli uylarni qurish yoʻliga oʻtkazishga qaratilgan. Bu esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholini past-uglerodli turar-joylarga boʻlgan talabining oʻsishiga sezilarli darajada turtki beradi. Loyihaning maqsadi respublikamiz hududlari aholisini atrof-muhitga zarar keltirmaydigan yaxshilangan va arzon turmush sharoitlari bilan taʼminlashdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring