BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori bilan samarali muloqot

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl xonim hamda BMT tizimidagi agentliklar vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan qator tashabbuslarning amalga oshirilishi yuzasidan Navoiy viloyatida muhim vazifalar belgilab olinganini taʼkidladi hamda bu yoʻnalishdagi ishlar samarasi haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur muloqot ham BMT va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi samarali hamkorlikning yorqin ifodasi boʻlib xizmat qilmoqda.
— Navoiy viloyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari bilan qator ilgʻor tashabbuslar amalga oshirilmoqda, — dedi Normat Tursunov. — Xususan, “Inclusive Education Concept 2020–2025” doirasida nogironligi boʻlgan bolalarni umumtaʼlim maktablariga jalb etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilning oʻzida viloyatdagi 135 ta maktabda 300 dan ziyod nogiron bolalar taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamda Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida “Ehtiyojmand aholini aniqlash jamgʻarmasi” orqali “Oʻzbekistonda iqlim taʼlimi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bu tadbirlar yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda “yashil” kelajak uchun ularning faol ishtirokini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Uchrashuv yakunida taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohalarida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda barqaror rivojlanish yoʻlida qoʻshma harakatlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring