BMT Gʻazo va Gʻarbiy Sohilda iqtisodiy vayronagarchilik haqida ogohlantirdi

BMT hisobotiga koʻra, Isroil-Falastin urushi boshlaganidan beri Gʻazodagi korxonalarning 80 foizi zarar koʻrgan yoki vayron boʻlgan. Isroilning Gʻazoga qarshi urushi Falastin anklavining iqtisodini vayron qilib, uni 2022-yilgi hajmining oltidan bir qismiga qisqartirdi. Shu bilan birga bosib olingan Gʻarbiy Sohilda ham sezilarli pasayish yuz berdi.
“Ishlab chiqarish jarayonlari buzildi, daromad manbalari yoʻqoldi, qashshoqlik kuchaydi va kengaydi, mahallalar, shaharlar vayron boʻldi”, deyiladi payshanba kuni BMT Savdo va taraqqiyot agentligi tomonidan eʼlon qilingan hisobotda.
Hududni qayta qurish uchun qancha mablagʻ ketishi nomaʼlumligicha qolmoqda. Ammo Gʻazoni 2023-yil oktyabrdagi holatiga qaytarish uchun oʻnlab yillar kerak boʻladi.
Tashkilot 2024-yil boshida Gʻazo qishloq xoʻjaligi aktivlarining 96 foizi, jumladan, fermer xoʻjaliklari, bogʻlar, sugʻorish tizimlari, mashinalar va omborxonalar yoʻq qilinganligini maʼlum qildi.
Hisobotda aytilishicha, 2023-yilning soʻnggi choragida Gʻazoning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 81 foizga kamaydi, bu butun yil davomida 22 foiz qisqarishga olib keldi.
Gʻarbiy sohildagi zoʻravonliklarning kuchayishi xavotirli iqtisodiy pasayishni keltirib chiqargan. Hududda yalpi ichki mahsulot 2023-yilning oxirgi choragida 19 foizga qisqargan.
Payshanba kungi hisobotda aytilishicha, aholi punktlarini kengaytirish, yerlarni musodara qilish, Falastin tuzilmalarini buzish va koʻchmanchilar zoʻravonligining kuchayishi kabi omillar Gʻarbiy Sohil aholisining koʻchirilishi olib kelgan va iqtisodiy faoliyatga jiddiy taʼsir koʻrsatgan.
7-oktyabrdan beri Falastin hududidagi mehnat bozori sharoiti ham keskin yomonlashdi. Hisobot shuni koʻrsatdiki, Gʻarbiy Sohildagi korxonalarning 96 foizi faollikni pasaytirgan va 42 foizdan ortiq ishchi kuchini qisqartirgan. Shuningdek, Gʻazodagi ishsizlik 2023-yilning oxirgi choragidagi 46 foizdan 79 foizga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring