BMT Bosh kotibi Donbassda oʻtkazilgan referendumlarni tan olish imkoniyati haqida gapirdi

Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish referendumlar natijalari va Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga qoʻshilishini tan olish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Uning fikricha, referendumni xalq irodasining haqiqiy ifodasi deb boʻlmaydi. Chunki u Ukrainaning qonunchilik doirasidan tashqarida va Rossiya nazorati ostidagi hududda boʻlib oʻtgan.
«Kreml ertaga Moskvada Ukrainaning Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarini anneksiya (Bir davlatni yoki uning bir qismini boshqa davlatga majburan qoʻshib olish — TAHR.) qilish jarayonini boshlab beradigan marosim boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. Hozirgi tahdidli paytda men Bosh kotib sifatida BMT Nizomiga rioya qilish burchimni taʼkidlashim kerak», deydi u.
Guterrish qoʻshimcha qilishicha, xorijiy davlat hududini har qanday anneksiya qilish BMT Nizomi va xalqaro huquqni buzish hisoblanadi. Shu bilan birga, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosidan biri sifatida ushbu qonunlarga rioya qilishga majbur.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, yangi hududlarning Rossiya tarkibiga qoʻshilishi boʻyicha kelishuvlarni imzolash 30-sentyabr, juma kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring