Biznes-forum doirasida mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Xabar berilganidek, ayni kunlarda Toshkent shahirda Ikkinchi O‘zbekiston-Belorus ayollari biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Uning doirasida poytaxtimizdagi “Uz Expo Centre” milliy ko‘rgazmalar markazida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Mazkur milliy ko‘rgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmadan oziq-ovqat, to‘qimachilik, ipakchilik, yengil sanoat, tibbiyot, mashinasozlik, taʼlim va turizm sohalarida mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari o‘rin oldi.

Unda O‘zbekistonning 50 dan korxonasi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga mazkur ko‘rgazmada “Made in Belarus” brendi ostidagi mahsulotlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida oziq-ovqat sanoati, taʼlim va fan, turizm va dam olishni tashkil qilish yo‘nalishlarida ham taqdimotlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari tajriba almashish, yangi hamkorlar izlash va istiqbolli aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldilar.

















Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring