Bizda turistlar kelib tomosha qiladigan bino va obidalar koʻp. Lekin xizmatlar turi kam, sifati past — Shavkat Mirziyoyev “Silk road Samarkand” turizm markazi qurilishi bilan tanishdi
Davlatimiz rahbari “Silk road Samarkand” turizm markazi qurilishi bilan tanishdi.
Bu ulkan majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida barpo etilmoqda. Loyihaning qiymati 381 million dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, “Abadiy shahar” karvonsaroyi qurilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari toʻrt yulduzli boʻladi.
Bu yerda zamonaviy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
— Bizda turistlar kelib tomosha qiladigan bino va obidalar koʻp. Lekin xizmatlar turi kam, sifati past. Bu markazda koʻp tarmoqli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilishi kerak. Turizm sohasida oʻqiyotgan talabalar shu yerga kelib, amaliyot oʻtashi zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz “Abadiy shahar” karvonsaroyini ham kirib koʻrdi. Bu joy yurtimizning qadimiy shaharlarini eslatadi, xalqimizning memorlik anʼanalari, amaliy sanʼat turlari, milliy taomlar, qadimiy bozorlarimiz koʻrinishini mujassam etadi.
— Bu yerda tariximiz, madaniyatimiz namoyon boʻladi, odamlar bolalari bilan kelib koʻradi. Shuning uchun binolardagi bezaklar, ranglar meʼyorida, milliyligimizga xos boʻlishi kerak. Karvonsaroy hovlisida hunarmandlar rastasi tashkil qilish ham mumkin, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring