Birinchi marta Marsda hayot alomatlari topildi

16:19 11 Sentyabr 2025 Ilm-fan
134 0

Foto: Imperial College London

NASA va London Imperial kolleji olimlari Marsda mikrob jarayonlari izlarini aniqladilar. Tadqiqotchilar Yezero krateri jinslaridagi minerallar va organik moddalarni tasvirlab berishdi, bu qadimgi koʻl mavjudligini va Yerdagini eslatuvchi biokimyoviy reaksiyalarni koʻrsatishi mumkin.

Tadqiqotchilar “Bright Angel” deb nomlangan ochiq rangli hududdagi toshlarni tahlil qilgan. Maʼlum boʻlishicha, bular sokin suv muhitida — qirgʻoqlar yaqinida yoki koʻl tubida hosil boʻlgan choʻkindi qoldiqlaridir. Organik uglerod bilan reaksiyalar natijasida paydo boʻlgan, deb hisoblangan jinslar ichidan temir-fosfat va temir-sulfid minerallari bilan boyitilgan millimetr oʻlchamdagi shakllar topilgan. Yerdagi shunga oʻxshash jarayonlar koʻpincha mikroorganizmlarning faoliyati bilan bogʻliq.

2021-yildan beri Yezeroda ishlayotgan “Perseverance” apparati allaqachon “Bright Angel”dan yadro olib, kelajakda namunalarni Yerga qaytarish missiyasi uchun uni kapsulada saqlagan. Olimlar bu 2030-yillarda sodir boʻlishiga umid qilmoqda.

“Bu oldinga katta qadamdir. Biz tavsiflashda yordam bergan namunalar bugungi kunga qadar eng jozibalisidir”, — deydi London Imperial kolleji professori Sanjeyev Gupta.

Buyuk Britaniya kosmik agentligining Koinot tadqiqotlari boʻlimi rahbari Metyu Kuk qoʻshimcha qilishicha, bu natijalar Mars mikrobial hayotni qoʻllab-quvvatlagani ehtimolini anglatishi mumkin boʻlgan eng istiqbolli dalildir.

“Xulosa chiqarishda ehtiyotkor boʻlishimiz kerak boʻlsada, bu topilma bizni katta savolga javob berishga bir qadam yaqinlashtiradi: Biz koinotda yolgʻizmizmi?”, — deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер