Birinchi marta bir bemorda ham gripp, ham koronavirus aniqlandi

20:36 13 Oktyabr 2020 Dunyo
745 0

Dunyoda birinchi marta ikki karra virus yuqtirish holati aniqlandi.

Bunday holat Meksikada kuzatildi. Gap shundaki, bu yerda 54 yoshli ayolga ham gripp, ham koronavirus tashxisi qoʻyilgan.

“EFE”ning mahalliy epidemiolog Xose Luis Alomiaga tayanib xabar berishicha, bemorda koronavirusning ilk alomatlari sentyabr oyining oxirida paydo boʻlgan va unda “Covid-19” tashxisi tasdiqlangan. Bir necha kundan keyin esa bemorda gripp tashxisi ham qoʻyilgan.

«Ayolning organizmi turli xil xastaliklar (otoimmun, saraton, semirish hamda surunkali oʻpka kasalliklari) tufayli zaiflashganligini yuqoridagi holatni keltirib chiqargan», deydi ushbu holatga izoh bergan mutaxassis.

Qayd etilishicha, ushbu holat gripp mavsumi arafasida turli tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshirilgan “Covid-19” va gripp viruslarini atay qidirish natijasida aniqlangan.

Mutaxassislar ikki virusning birlashishi sogʻliqni saqlash tizimiga jiddiy yuk boʻlishi va tizim bunga dosh bera olmasligidan xavotirga tushishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?