Bir qator tadbirkorlar Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan ayblanmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departament qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlarni fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.B.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida kirim qilinmagan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 29 turdagi jami 384 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlangan. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Xuddi shunday yana ikki holat Yangiyoʻl shahri va Shovot tumanida ham aniqlangan. Tezkor tadbirlarda “N.Sh.” MCHJ hamda “X.O.” xususiy korxonasiga qarashli alkogol mahsulotlari savdo doʻkonlarida turli nomdagi jami 394 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, roʻmolini yechmagan oʻquvchini urgan direktor jarimaga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring