Bir necha oʻnlab muhojirlar Belarusdan Polshaga oʻtishga muvaffaq boʻlishdi

00:51 11 Noyabr 2021 Jamiyat
779 0

Belorussiyadan ikki guruh muhojirlar Polshaga yoʻl oldi, deb yozadi “RIA Novosti” Bialystok radiosiga tayanib.

Mamlakat Mudofaa vazirligi xodimi Mariush Blaszak maʼlumotlariga koʻra, kirib kelgan barcha noqonuniy muhojirlar qoʻlga olingan.

Kamida bir necha oʻnlab odamlardan iborat guruhlar Krinok va Bialovesa hududidagi devorni buzib oʻtishdi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, dushanba kuni chegarani buzib oʻtishga urinishlar sodir etilgan “Kuznitsa” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida hozirda vaziyat tinch.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?