Bir necha mamlakat tuhfasiga teng xazina
Buxoro xoni Abdulaziz Muhammadxon (1645 — 1681) koʻnglida Hofiz Sheroziy devonini chiroyli husnixatda koʻchirtirish istagi tugʻiladi. Bu murakkab yumushni bajarish oʻsha davrning mohir xattoti Hoji Yodgor zimmasiga yuklanadi.
Xattot ishga kirishadi. Sabr-toqat, qunt, yuksak mahorat va didni talab qiluvchi bu yumushni u yetti yil ichida ado etadi.
Ajdodlarimiz oʻsha zamonlarda ham xuddi hozirgidek qoʻni-qoʻshnichilik, birodarlik aloqalarini oʻrniga qoʻyishgan. Abdulaziz Muhammadxon qoʻshni Eron davlatiga elchilarini joʻnatar boʻladi-yu ushbu davlat hukmdori Shoh Sulaymon Safiyga atalgan qimmatbaho sovgʻalar qatoriga Hoji Yodgor tomonidan koʻchirilgan Hofiz Sheroziy devonini ham qoʻshadi.
Manbalarda aytilishicha, Shoh Sulaymon Safiyning koʻziga sovgʻalar orasidagi kitob choʻgʻdek koʻrinadi. Hukmdor xattotlik sanʼatining nozik namunasi sanalgan bu devonni qoʻliga olar ekan, unga “Bir necha mamlakat tuhfasiga teng xazina”, deya baho beradi.
Ha, kitob — bebaho xazina. U hech qachon oʻz qadru qimmatini yoʻqotmaydi. Biz davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida oʻtkazilgan “Kitob — bilim manbai” deb nomlangan tadbirda talabalar ongu shuuriga yuqoridagiga oʻxshash hayotiy misollarni singdirishga harakat qildik. Boʻlgʻusi rus tili va adabiyoti fani mutaxassislarini milliy madaniyatimiz tarixiga oid ibratomuz misollar bilan “qurollantirish”ga intildik. Toki, ularning kitob oʻqishga boʻlgan ishtiyoqlari yana-da kuchaysin, bilimlariga bilim qoʻshilsin. Ertaga pedagog sifatida ish boshlaganlarida yoshlarni ham bahosi yoʻq xazina — kitobni qadrlashga undashsin.
Zamira SALIXOVA,
Buxoro davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring