Beshta OTMdan birortasiga kirolmagan abituriyent ham oʻqishga qabul qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan boʻlsa, lekin toʻplagan balli boshqa oliygohdagi toʻlmagan yoʻnalishga toʻgʻri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin boʻladi.
«Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy taʼlimda katta sakrash, desak adolatdan boʻladi. Buni yanada kengaytiramiz», deydi davlat rahbari.
Taʼkidlanishicha, bu davlat va xususiy oliygohlar oʻrtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Prezident hozirda band boʻlmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish va qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.
20 ming nafar bitiruvchi magistratura va ikkinchi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvchini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan ish oʻrinlariga joylashtirish mumkin.
Har bir viloyatda biznes-inkubatorlar tashkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvchini band qilish topshirildi.
Kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlash, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yoʻnalishi bitiruvchilarini ishga joylash imkoniyati bor.
Shuningdek, toʻqimachilik, charm, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvchini doimiy ish bilan taʼminlash mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvchini transport, logistika, yoʻl, qurilish, kommunal sohalar bilan qamrab olish, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, sanʼat sohalari muassasalari va oʻquv markazlarida 10 ming bitiruvchini ishli qilish topshirildi.
Yana 30 ming bitiruvchiga biznesini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring