“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi

12:47 21 Dekabr 2022 Sport
885 0

19-20-dekabr kunlari Sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtkazilgan hal qiluvchi bellashuvlarda hududiy bosqichlarda gʻalaba qozongan 140 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar sportning para stol tennisi, para yengil atletika, para shaxmat, para shashka hamda kibersport yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bahs olib bordi

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Admnistratsiyasi shoʻba mudiri Asilbek Murtazoyev, Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdullo Aslonov, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirok etdi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus kubok, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?