“Besh tashabbus olimpiadasi” umummilliy harakatga aylanmoqda

23:18 03 Noyabr 2023 Jamiyat
302 0

Foto: “Xalq soʻzi”

3-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti sport oʻyingohida “5 tashabbus olimpiadasi” musobaqasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Hududlar sharafini final bosqichida himoya qiladigan jamoalar bir nuqtaga jamlandi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari va Buxoro davlat universiteti rektori respublika bosqichiga yetib kelgan barcha OTM jamoalarini muborakbod etib, ularga omad tiladilar.

Olimpiada doirasida Buxoro davlat universitetiga jami 576 nafar qatnashchi kutib olindi. Ulardan 30 nafari hakam, 14 nafari jamoa rahbari, 42 nafari murabbiy va 490 nafari talaba-yoshlardir.

Musobaqa 3–4-noyabr kunlari sportning voleybol, minifutbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Taqdirlash marosimi esa 5-noyabr kuniga rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?