“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari respublika final bosqichiga start berildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatining boshqa oliy taʼlim muassasalari mezbonligida oʻtkazilmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichining tantanali ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, sport sohasida eʼtirof etilgan mutaxassislar marosimning faxriy mehmonlari sifatida tashrif buyurdilar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalar oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha toʻrt bosqichda oʻtkazilmoqda.
Joriy yilda 147 ta oliy taʼlim muassasasida sportning 5 turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Ularda 441 869 nafar talaba ishtirok etdi.
Hududiy bosqichlarda gʻolib chiqqan jamoalar Qarshi shahrida 9-13-dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan respublika final bosqichida ishtirok etmoqda. Joriy yilgi final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Mazkur musobaqalar yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va talabalar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, musobaqalar orqali iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni kelajakda professional sportga jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring