Berlin davlat kutubxonasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi F. Halimov Germaniyaga xizmat safari jarayonida Berlin davlat kutubxonasida boʻldi. Kutubxona rahbariyati va ilmiy xodimlariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida batafsil axborot berildi.
Uchrashuvda Berlin davlat kutubxonasi Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi boshligʻi Kristof Rauh kutubxonada 10 mingdan ortiq arab, 3 mingga yaqin fors hamda 200 yuzga yaqin turkiy tilda bitilgan manbalar saqlanayotganini maʼlum qildi. Kutubxona tomonidan koʻplab manbalar raqamlashtirilib, ochiq elektron platformalarga joylanganini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida chigʻatoy turkiysida bitilgan manbalar asl nusxalari bilan tanishtirilib, Markaz fondi uchun Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin” asarlarining elektron nusxalari taqdim qilindi.
Kristof Rauh islom dunyosiga tegishli koʻplab manbalarni tadqiq etish hamda kataloglashtirishga ehtiyoj mavjudligini bildirib, Markaz bilan mazkur yoʻnalishda hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring