Belarus Oʻzbekistonda biomedikal hujayra preparatlari ishlab chiqarmoqchi

06:39 23 Avgust 2024 Jamiyat
334 0

Belarusning ommabop tvr.by saytida “Oʻzbekiston va Belarus farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Unda qayd etilishicha, 2024-yilda Toshkentda belaruslik mutaxassislar ishtirokida Regenerativ tibbiyot markazini ochish rejalashtirilayotgani xabar qilingan. Markazda biomedikal hujayra preparatlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, bu Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashning yangi yoʻnalishi hisoblanadi.

“Belarusda bu texnologiyalar besh yildan ortiq vaqtdan beri faol qoʻllanmoqda va belaruslik shifokorlar oʻzbekistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishga tayyor”, deyilgan nashrda.

Bundan tashqari, maqolada Belarus Sogʻliqni saqlash ekspertiza va sinov markazi direktori oʻrinbosari Olga Juravlevaning Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish haqidagi fikrlari oʻrin olgan.

“Oʻzbekiston – oʻsib borayotgan yirik bozor. Albatta, bu bizning farmatsevtika sanoatimizni oʻziga jalb qiladi. Belarus tomoni u yerga dori vositalarini eksport qilishdan manfaatdor. Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar boshqa bozorlar qatori Belarusga ham kirishni istaydi. Bu gʻoyalarni amalga oshirish uchun dastlab ikki tomon oʻrtasida hamkorlik aloqalari kuchaytirilishi kerak”, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер