Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasi ishga tushiriladi

15:09 22 Sentyabr 2022 Siyosat
656 0

Foto: president.uz

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Nomzod viloyatda sanoatni rivojlantirish boʻyicha taklif va rejalarini bayon qildi.

Davlatimiz rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etdi.

Mutasaddilarga:

— sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashga 250 milliard soʻm ajratish;

— Angrenda kaolin xom-ashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;

— Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;

— viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?