“Bavariya” oʻz rekordini yangiladi
Kecha, 1-noyabr kuni “Bavariya” klubi Germaniya Bundesligasining 9-turi doirasida “Bayer Leverkuzen” klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Kompanining shogirdlarining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Serj Gnabri va Nikolas Jekson mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida Loik Bade hisobiga yozildi.
Bu “Bavariya”ning 2025/2026-yilgi mavsum boshida barcha musobaqalarda qoʻlga kiritilgan 15-gʻalabasi boʻldi. “Myunxenliklar” oʻtgan bahsda “Kyoln”ni magʻlub etib, bu borada rekord oʻrnatgandilar. Bu gal esa “qizil armiya” oʻz rekordini 1 ta oʻyinga yangilab qoʻyishga muvaffaq boʻldi.
Maʼlumot uchun, “Bavariya” keyingi oʻyinini 5-noyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa Fransiyada musobaqaning amaldagi chempioni — PSJ bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring