“Bashakshehir” Turkiya kubogini magʻlubiyat bilan boshladi
Kecha, 18-dekabr kuni Turkiya kubogi musobaqasining 1-tur uchrashuvlari start oldi. “A” guruhidan oʻrin olgan bahsda “Galatasaroy” oʻz maydonida “Bashakshehir” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning minimal — 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Bellashuvdagi yagona golga Ahmed Kutuchi mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 62-daqiqada Festi Eboselega oʻrnini boʻshatib berdi.
Yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev esa aynan 62-daqiqada Oʻmer Ali oʻrniga maydonga tushirildi.
Maʼlumot uchun, Turkiya kubogida 24 ta jamoa ishtirok etib, ular 3 ta guruhga boʻlingan holda bahs olib bormoqda. “Bashakshehir” joy olgan “A” guruhida “Galatasaroy”dan tashqari “Fotix Karagyumryuk”, “Istanbulspor”, “Boluspor”, “Fethiyespor” va “Trabzonspor” jamoalari ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring