“Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qildi. U sobiq klubiga qaytgan

15:34 21 Avgust 2024 Sport
208 0

Foto: Goal.com

Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Ilkay Gyundogan jamoa bilan shartnomasini bekor qilib, “Manchester Siti”ga qaytadigan boʻldi. Bu haqda mashhur Fabritsio Romano xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Manchester Siti” germaniyalik yarim himoyachini jamoaga qaytarish boʻyicha kelishuv ustida ishlamoqda. 33 yoshli futbolchi Pep Gvardiola jamoasining bu mavsumdagi muhim boʻlagi boʻlishi ham kutilyapti.

Qayd etish kerakki, 2023-yilda Ilkay “Siti”ni tark etib, “Barselona”ga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgandi. U 2023-2024-yilda jamoa bilan 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 14 ta uzatma amalga oshirdi. U oʻtgan mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchilardan deb topilgan.

“Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar sababli Dani Olmo kabi yangi oʻyinchilarni roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu sababli ham Gundogan kabi yuqori maosh oladigan futbolchini qoʻyib yuborish vaziyatni yengillashtirishi mumkin. Amaldagi shartnoma 2026-yilning yozigacha edi.

Argentinalik hujumchi Alvaresning “Atletiko Madrid”ga ketishi va norvegiyalik vinger Oskar Bobbning jiddiy jarohati nemis futbolchisining qaytishiga sharoit yaratib bergan. Gyundogan dastlab “Manchester Siti”ga 2016-yilda Dortmundning “Borussiya”sidan 20 million funt sterling evaziga oʻtgan edi.

Klubdagi yetti yillik faoliyati davomida u 304 ta oʻyinda maydonga tushib, 60 ta gol urgan. Ilkay “Siti”dagi faoliyati davomida 14 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritgandi.

Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер