“Barselona” Osiyo klubini yirik hisobda magʻlub etdi
“Barselona” klubi yozgi nazorat oʻyinlari doirasida Osiyo klublariga qarshi soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.
Dastlab Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasini 3:1, soʻngra Janubiy Koreyaning “Seul” klubini 7:3 hisobi bilan magʻlub etgan Hans-Flik jamoasi, bugun Koreya chempionatining yana bir vakili — “Tegu” jamoasi bilan kuch sinashdi.
“Degu Bank Park” stadionida kechgan bahs “koʻk-anorranglilar”ning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda Gavi dublga erishgan boʻlsa, Robert Levandovskiy bir bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. Qolgan ikki golga jamoaning yangi transferi Markos Reshford va 2008-yilda tugʻilgan akademiya tarbiyalanuvchisi Toni Fernandes mualliflik qildi.
Endi “Barselona” 11-avgust sanasida Italiyaning “Komo” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi va 16-avgust sanasidan jamoa uchun yangi mavsum boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring