“Barselona” hujumchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
“Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Fanatik” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, turk klubi Robert bilan 2026-yilning yozida shartnoma imzolamoqchi. Robert Levandovskining “Barselona” bilan shartnomasi ham aynan 2026-yilning yozida yakunlanadi. Shu boisdan futbolchi yangi klubiga erkin agent sifatida borib qoʻshilishi mumkin.
Oʻz navbatida, “Barselona” klubi ham Robert bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ushbu voqealar fonida Polsha terma jamoasi sardori Turkiyaga koʻchib oʻtishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Levandovski 2022-yilning yozida “Barselona” klubiga koʻchib oʻtgandi. Ortda qolgan 3 mavsumda polshalik futbolchi “Barselona” safida 156 ta oʻyinda maydonga tushib, 105 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring