Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun masʼul organlar belgilangan

09:43 11 Yanvar 2023 Jamiyat
932 0

Foto: Illustrativ surat

Hududlarda aholini qor koʻchishidan himoya qilish va xavfni kamaytirish boʻyicha hududiy komissiyalar tuziladi.

Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida xavfni bartaraf qilish uchun zarur choralarni koʻradi. Xususan:

Oʻzgidromet:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qor koʻchkisi, koʻchki xavfi bor hududlardagi aholi punktlar, obyektlar, aholisi vaqtincha koʻchiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar boʻyicha maʼlumot tayyorlaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

qor koʻchkisi va koʻchki xavfi mavjud hududlarda aholini xavfsiz joylarga vaqtincha va zaruratga koʻra bosqichma-bosqich doimiy koʻchiradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

qor koʻchkisi xavfi bor vaqtda qidiruv-qutqaruv tuzilmalar va tezkor guruhlarning kuchaytirilgan ish rejimini taʼminlaydi.

Ichki ishlar vazirligi:

A-373 yoʻlining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsiz harakatini taʼminlaydi.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:

A-373 yoʻlining Qamchiq dovoni hududida va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsizligini taʼminlash uchun muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:

xavfli jarayonlar oqibatida “Qamchiq” dovonida avtotransport harakati cheklanganda, yoʻlda qolgan fuqarolarni “Angren – Pop” yoʻnalishi orqali manziliga yetkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?