Baliqdan bosh tortmang!

18:03 08 Aprel 2020 Ilm-fan
10986 0

Pensilvaniya universiteti olimlarining “Nature” jurnalida eʼlon qilgan tadqiqotlariga koʻra, baliq goʻshtini muntazam ravishda (kamida haftasiga 1-marta) isteʼmol qilgan bolalarning intellektual qobiliyati yuqori, uyqisi yaxshi boʻladi.

Tajriba uchun 9-11 yoshlar atrofidagi 541 nafar bola tanlab olindi. Ishtirokchi va ularning ota-onalaridan bolalar baliqli taomlarni qancha miqdorda yeyishlari soʻrab chiqildi. Kimdir koʻp, boshqasi haftada bir marta baliq goʻshti tanovvul qilishini aytdi. Shuningdek, “Hech qachon”, deb javob berganlar ham boʻldi. Savol-javoblar yakunlangach, bolalar intellektini tekshiruvchi test sinovi oʻtkazildi. Maʼlum boʻldiki, baliqni sevuvchi bolalarning aqli oʻtkir. Aqalli har hafta baliq yeydiganlarning javoblari ham chakki emas. Baliqdan parxez qiluvchilar esa testni yechishga qiynalishdi, shuningdek, ularning ota-onalari farzandining uyqisi yaxshi emasligidan shikoyat qildi.

Shifokorlar tadqiqot natijasini tasdiqlashdi. Bolani kichik yoshdanoq baliq goʻshti taʼmiga oʻrgatgan maʼqul, shunda bu ularning sevimli taomiga aylanadi. Ammo ogʻir darajadagi allergik xastaliklardan aziyat chekuvchilarga bu yegulik toʻgʻri kelmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер