“Baxtim shul — oʻzbekning Zulfiyasiman”

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandlik Gulhayo Anorova joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. U bugungi kunda Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 63-hudud 1-uchastka “Vatanparvar” mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim boʻlib ishlaydi. Gulhayoning 2022-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Aks-sado” nomli sheʼriy kitobi chop etilgan. Oʻtgan yili “Akademnashr”ning “Izlam” rukni ostida “Avron” nomli sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. U faolligi, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi bilan yoshlar va aholi oʻrtasida hurmat qozonib, nufuzli sheʼriyat bayramlarida faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.
— 2018-yilda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Samarqand sheʼr oqshomlari” turkiy tilli yoshlar anjumanida faol qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandim. “Zomin” respublika yosh ijodkorlari seminari ishtirokchisiman, — deydi Gulhayo Anorova. — 2023-yilda Qozogʻiston Respublikasida sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan anjumanda “Altinsarin belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim. 2024-yilda ham ushbu mamlakatda sheʼriyat boʻyicha oʻtkazilgan “Jas Ulan” koʻrik-tanlovida ham qatnashdim. Shu yutuqlarim yuksak darajada eʼtirof etilib, Prezidentimiz tomonidan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga loyiq koʻrilganimdan minnatdorman.
Gulhayoning sheʼrlarida yurt goʻzalliklari, doʻstlik va sadoqat tuygʻulari kuylanadi. U maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi faolligi, tashabbuskorligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring