Bayramga munosib tuhfa

06:15 20 Mart 2025 Jamiyat
162 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona “Damas” va 3 dona “Isuzu” rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.

Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini sifatli yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

Ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, avtotransport va moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash maqsadida ushbu avtomashinalarning topshirilishi bayramga oʻziga xos tuhfa boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?