Baydenning birinchi ish kuni qanday oʻtdi?
Foto: AP
Koʻpchilikka AQSHning yangi prezidenti Jo Baydenning birinchi ish kuni qanday oʻtgani qiziq. Bugungi kuzatuvlarimiz shu haqda...
Xorij OAVning yozishicha, Bayden birinchi ish kunidanoq AQSH sobiq rahbari Donald Trampning bir nechta farmonlarini bekor qilgan. Masalan, uning Prezident sifatida birinchi navbatda imzolagan farmonlari — AQSHni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga va Iqlim boʻyicha Parij bitimiga qaytarish toʻgʻrisida boʻldi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida ham Baydenning qarashlari Trampnikidan tubdan farq qilishi oydinlashdi. U mamlakatda 100 kunlik niqob rejimini joriy qildi.
“Prezident federal binolarda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlashni joriy etishni buyurdi. Koʻp hollarda, niqobni majburiy taqish masalasini okruglar va shtatlar darajasida mahalliy hokimiyat organlari hal qiladi”, deydi Oq uyda boʻlib oʻtgan birinchi matbuot anjumanida AQSH prezidentining matbuot kotibi Jennifer Psaki.
Shuningdek, Bayden Meksika bilan chegarada barpo etilayotgan mashhur “Tramp devori” qurilishini toʻxtatdi, Lotin Amerikasining turli mamlakatlaridan minglab qochqinlar AQSH chegarasi yaqinida toʻplanishi munosabati bilan 2017-yilda chegara hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qildi.
Migrantlarga munosabat borasidagi yangicha yondashuv shu bilan tugamaydi. Bayden bir qator musulmon davlatlar — Suriya, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolarining AQSHga kirishi uchun qoʻyilgan taqiqni ham bekor qilgan.
Bundan tashqari, AQSHda 8 yildan beri istiqomat qilayotgan noqonuniy migrantlarga fuqarolik berish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. Buning uchun, avvalo, migrantlar vaqtinchalik maqomga ega boʻlishi va 5 yil AQSHda yashashlari kerak. Shu davr mobaynida soliq xizmati va politsiya tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli oʻtishsa, ularga 3 yildan soʻng fuqarolik olish uchun murojaat qilish imkonini beruvchi hujjat taqdim etiladi.
Hozircha shular, kuzatishda davom etamiz...
Fazliddin ABILOV, tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring