“Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmi suratga olinmoqda
“Oʻzbekfilm” kinokonserni”ning yangi panoramali pavilionida afsonaviy Samarqand Registonining “Sherdor” va “Tillakori” madrasalarini bunyod etgan Bahodir Yalangtoʻsh haqida hikoya qiluvchi “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining syomka ishlari davom ettirilmoqda.
Ushbu povilionda eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlar suratga olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratilgan. Agar ilgari yirik blokbasterlar va jangovar filmlar xromakey yordamida suratga olingan boʻlsa, bugun Stage craft texnologiyasidan foydalanish bilan hammasi global miqyosda oʻzgaradi. Texnologiya bitta pavilyonning oʻzida yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Qimmatbaho dekoratsiyalar oʻrniga sahnaning orqa tomoniga kerakli atmosferani toʻliq yetkazib bera oladigan yirik LED panellar oʻrnatilgan.
Natijada virtual olamning yuqori sifatli tasviri ekranda aks ettiriladi va operator kamerasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz bogʻlanadi. Obyektlarning fondagi holatini kameraning joylashishiga qarab oʻzgartirish sifatli film suratga olish imkonini beradi. Stage craft texnologiyasidan foydalangan holda siz istalgan burchakdan suratga olishingiz mumkin. Haqiqiy va virtual kameralarning kombinatsiyasi avtomatik ravishda obyektivni oʻzgartirishni taʼminlaydi. Virtual kamerani mustaqil ravishda, masalan, dinamik sahnalar uchun ham harakatlantirish mumkin.
Mazkur yangi pavilion “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida taqdim etilgan boʻlib, unda festival mehmonlari “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy filmining birinchi epizodi suratga olinganini bevosita koʻrishgan edi. Mehmonlar rejissyor kamerasida film qanday suratga olinayotganini shaxsan tomosha qilish, ijodiy jamoa va film aktyorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring