Badiiy gimnastikadagi yakkalik bahslarida qatnashayotgan yagona ishtirokchimiz medalga ega chiqa olmadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugun badiiy gimnastikadagi yakkalik bahslarida qatnashgan yagona ishtirokchimiz Taxmina Ikromova oʻz ishtirokini tugatdi.
Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova bugun kechgan koʻpkurash yoʻnalishining saralash bosqichida 126.400 ochko jamgʻarishga erishdi.
Afsuski, bu yakunda hamyurtimizga 14-oʻrinnigina bera oldi. Ushbu koʻrsatkich final dasturi uchun kamlik qildi va Ikromova joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. Endi u jamoaviy bahslarda qatnashishi mumkin.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Taxmina Ikromova 2004-yil 6-avgustda tugʻilgan. U 2022-yilgi Osiyo chempionatining koʻpkurash boʻyicha chempioni hisoblanadi.
Avvalroq, Bahodir Jalolov Olimpiada medalini kafolatlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring