BAA va Iroqdan qiyin gʻalaba, Indoneziya esa mundial yoʻllanmasidan quruq qoldi
Kecha, 11-oktyabr kuni Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining toʻrtinchi bosqichiga oid 2-tur bahslari boʻlib oʻtdi.
Iroqdan qiyin gʻalaba
Dastlabki turda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan Indoneziya termasi agar bu gal ham yutqazsa, muddatidan avval 2026-yilgi Jahon chempionati bilan xayrlashishiga toʻgʻri kelardi. Aslida ham shunday boʻldi.
Uchrashuvda kiritilgan yagona golga “Manchester Yunayted“ klubining sobiq futbolchisi Zidan Iqbol mualliflik qildi.
Iroq — Indoneziya 1:0
Gol: Zidan Iqbol (76).
Iroq: Hassan, Ali, Yunus, Tahsin, Doski, Bәyesh, Yaqob (Iqbol, 46), Al Ammari, Resan (Jasim, 69), Karim (Amin, 46), Ali (Muhsin, 69).
Indoneziya: Payes, Diks, Rido, Idzes, Jeyms (Tҷoye-a-On, 87), Pelupessi (Sananta, 87), Rendonk, Reynders (Jonatan, 65), Xaye, Kambuaya (Oratmanguen, 46), Zaylstra (Romeni, 56).
BAA guruh yetakchiligini qoʻlga kiritdi
Dastlabki turda Qatar bilan durang oʻynagan Oʻmon terma jamoasi bu gal Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Oʻyin 2:1 hisobi bilan Kosmin Olaroyu shogirdlarining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 12-daqiqada ochildi. BAA termasi himoyachisi Autonne Kuadio oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Birinchi boʻlim shu natija bilan — 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 76-daqiqasida Markos Meloni hisobni tenglashtirgan boʻlsa, 83-daqiqada Kayo BAAga gʻalaba keltirgan golni kiritdi. Yakuniy hisob — 2:1, BAA foydasiga.
BAA — Oʻmon 2:1
Gollar: Meloni (76), Kayo (83) — Autonne (avt. 12).
BAA: Eysa, Meloni, Pimenta, Autonne, Amaral, Lima (Nader, 46), Hasan (Kanedo, 46), Alhassani (Salex, 38), Ramadan (Suhayl, 46), Ximenes (Zuxir, 88), Kayo.
Oʻmon: Al Muhayni, Al Xarti (Al Mushayfri, 77), Al Hamisi (Al Akbari, 85), Rushaydi, Al Brayki, Busaydi, Al Ravahi, Al Saadi, Al Alavi (Favoz, 77), Dahman (Al Gassani, 85), Al Subhi (Al Gafri, 62).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring