“Azimut” aviakompaniyasi Sochi va Buxoroni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻladi

10:59 30 Yanvar 2023 Jamiyat
677 0

30-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, ekipaj va yoʻlovchilar karnay va suray sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

Sochi — Buxoro — Sochi yoʻnalishi boʻyicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Fargʻona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bogʻlagan.

Azimut — Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?