Avtobusda naqd pulda toʻlov qilganlar jarimaga tortilishi yolgʻon boʻlib chiqdimi?
Avvalroq avtobuslarda yoʻlkirani naqd pulda toʻlagan yoʻlovchilarga 37,5 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanilishini bildirilgandi.
Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlimi inspektori Salimjon Nishonboyev Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida maʼlum qilib, inspeksiya tomonidan bu boʻyicha reyd tadbirlari olib borilayotgani aytilgan.
“Agar yoʻlovchi yoʻl kirani naqd pulda amalga oshirsa, haydovchi uni qabul qilmasligi kerak. Birinchi safar yoʻlovchiga ogohlantirish beriladi. Huquqbuzarlik takrorlanganda esa, haydovchiga ham, yoʻlovchiga ham maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qoʻllaniladi”, — degan edi u.
Mazkur xabardan soʻng Transport vazirligi matbuot xizmati tushuntirish berib, ushbu chora faqat chiptasiz yurish holatida qoʻllanilishini qayd etdi.
“Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yoʻnalishlarida naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar joylanmoqda”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida avtobuslar naqd pul qabul qilish amaliyotidan voz kechdi. Toʻlovlar faqat elektron yoki QR-chiptalarni xarid qilish orqali amalga oshirilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring