Avstraliyada “AstraZeneca” vaksinatsiyasi bilan emlangan ayol vafot etdi

15:00 17 Aprel 2021 Dunyo
1494 0

Avstraliyada “AstraZeneca“ (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlangan 48 yoshli ayol vafot etdi. Bu mazkur mamlakatda ushbu vaksina bilan bogʻliq birinchi oʻlimi holati hisoblanadi, deyiladi ”Associated Press” axborot agentligi xabarida.

Ayol 8-aprel kuni Avstraliya hukumati 50 yoshgacha boʻlganlarni “AstraZeneca“ emas, ”Pfizer” vaksinasi bilan emlashni tavsiya yetishidan bir oz oldin vaksina qabul qilgan. Toʻrt kundan soʻng bemorga tromboz (qon quyuqlashishi) tashxisi qoʻyilgan va kasalxonaga yotqizilgan. Ayol payshanba kuni vafot etgan.

Avstraliyada emlash dasturi boshlangandan beri rasman uch kishida qon quyuqlashish uch holati qayd etilgan. Mamlakatda vaksinatsiya kampaniyasi mart oyida boshlangan edi.

Mart oyida Yevropaning va dunyoning koʻplab mamlakatlari “AstraZeneca” vaksinasi tufayli tromboz holatlari paydo boʻlganligi tufayli aholini ushbu preparat bilan emlash toʻxtatib qoʻyilgan edi. Keyinchalik ushbu vaksinani xavfsiz va samarali ekanligini eʼlon qilindi. Shundan soʻng ayrim mamlakatlar maʼlum bir yosh guruhlarida yana undan yana foydalana boshladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?