“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Foto: Prezident Matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, “Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali “Avitsenna” nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi
Bundan tashqari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinishi, konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi ham koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Qayd etilishicha, togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-aprelgacha internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent toʻlovi toʻlashdan ozod qilinishi ham qaror bilan belgilab qoʻyilgan.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring