Aviatsiya hodisalarini Oʻzbekistonda tekshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
“Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” Hukumat qarori (628-son, 07.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Unga koʻra, maksimal massasi 2 ming 250 kilogramm va undan kam boʻlgan havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya insidentlari va jiddiy aviatsiya insidentlarini tekshirish aviatsiya korxonalari tomonidan parvozlar xavfsizligini boshqarish boʻyicha qoʻllanma doirasida amalga oshiriladi.
Tekshiruv quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- aviatsiya halokati yoki insidenti toʻgʻrisidagi barcha tegishli maʼlumotlarni toʻplash, qayd etish va tahlil qilish;
- aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish bilan bogʻliq baʼzi yozuvlarni himoya qilish;
- zarur hollarda, parvozlar xavfsizligi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- imkon boʻlsa, sabablarni va/yoki taʼsir etuvchi omillarni aniqlash;
- yakuniy hisobot tuzish.
Shuningdek, aviatsiya halokatlari va insidentlari tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida komissiyaga barcha ashyoviy dalillar kechiktirilmasdan taqdim etiladi va ularning toʻliq nazorati beriladi. Boshqa turdagi tekshiruv va muhokamalar tekshiruv komissiyasi ishiga toʻsqinlik qilmasligi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring