Zaporojye atom elektr stansiyasida avariya xavfi yuqori — Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik rahbari
Arxiv surat
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (IAEA) rahbari oʻqqa tutilishi sababli Zaporojye atom elektr stansiyasida yadroviy avariya xavfi yuqori ekanligini maʼlum qildi.
Zaporojye atom elektr stansiyasini (ZAES) oʻqqa tutish ayni damda davom etayotganligi sababli, obyektdagi yadroviy avariya xavfi juda yuqori. Bu haqda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi BMT Bosh assambleyasi yigʻilishida ogohlantirdi.
Shuningdek, Grossi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatda qisman safarbarlik eʼlon qilingani haqidagi bayonotiga ham izoh berdi.
“Menimcha, u koʻp narsalarni hisobga oladi. Biz undan ham, boshqalardan ham stansiyani himoya qilish uchun zarur yordamni olishga umid qilamiz”, dedi u.
IAEA rahbarining taʼkidlashicha, tomonlarning hech biri yadroviy hodisadan manfaatdor emas.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jahon hamjamiyatini IAEAning Ukrainadagi yadroviy hodisalarning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan edi.
Uning aniqlik kiritishicha, Gʻarb davlatlarining asosiy vazifasi yadro xavfsizligi uchun harbiy harakatlar oqibatlarining oldini olishda IAEAga yordam berishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring