“AstraZeneca” vaksinasining qon quyuqlashishi — trombozga sabab boʻlishi tasdiqlandi

Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) vakili “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi tufayli qon quyuqlashishi yuzaga kelishini tasdiqladi. Bu haqda "Agence France-Presse" axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, YEMA “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlashdan bosh tortish uchun hech qanday sabab yoʻqligini bildirgan edi.
"AstraZeneca“ vaksinasini aholi uchun cheklashni tasdiqlovchi dalillar yoʻq», deyilgan edi YEMA bayonotida. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ham mamlakatlarni ushbu preparat bilan emlashni davom ettirishga chaqirdi.
Ushbu vaksina bilan emlanganlar tromboz hosil boʻlishi haqida xabar keyingi paytlarda tez-tez tarqalmoqda. Masalan, 3-aprel kuni Buyuk Britaniyada soʻnggi kunlarda yetti kishi xuddi shu sabab tufayli vafot etgani maʼlum boʻldi.
Yevropaning bir qator davlatlari emlangan bemorlarda tromboz aniqlanganligi sababli “AstraZeneca” bilan emlashni toʻxtatib qoʻydi yoki taqiqladi.
Ayni paytda vaksina yaratuvchilari uning xavfsizligini bob-bot taʼkidlashmoqda. Kompaniya tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu vaksina bilan emlangan 17 milliondan ortiq odamning sogʻligʻi holatini batafsil oʻrganish natijasida oʻpka emboliyasi, tomirlarning chuqur trombozi yoki trombotsitopeniya xavfi oshgani haqida maʼlumotlar yoʻq.
Oldinroq, Oʻzbekiston YUNISEF taqdim etgan jadvalga asosan 2 mln 640 ming doza “AstraZeneca/Oxford” vaksinasini olishi va uning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etishi haqida xabar bergan edik.
17-mart kuni uning 660 ming dozasi Oʻzbekistonga olib kelindi.
Keyinroq Germaniyaning Robert Kox instituti qoshidagi Emlash boʻyicha doimiy komissiya (STIKO) “AstraZeneca” vaksinasini qoʻllash boʻyicha tavsiyalarini oʻzgartirdi. Uning xulosasiga koʻra, preparat faqat 60 yoshdan oshganlarga moʻljallangan. Komissiyaning fikriga koʻra, preparat kamdan-kam hollarda emlashdan keyin 4-16 kun ichida tromboz holatlariga olib kelishi mumkin, asosan ushbu yosh chegarasidan past boʻlgan bemorlarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring