Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 jamoadan 28 tasi maʼlum boʻldi

Illyustrativ foto
2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadigan 28 ta terma jamoaning nomi maʼlum boʻldi.
Kecha Afrika saralash bosqichi yakunlandi va nufuzli musobaqada ushbu qitʼa sharafini himoya qiluvchi toʻqqiz terma jamoa aniqlandi. Ular Senegal, Kabo-Verde, Marokash, Jazoir, Janubiy Afrika Respublikasi, Misr, Gana, Tunis va Kot-dʼIvuar terma jamoalari boʻldi. Ular orasida Kabo-Verde birinchi marta jahon chempionatiga ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Osiyo mintaqasida Saudiya Arabistoni va Qatar terma jamoalari ham jahon chempionatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok imkoniyatiga ega boʻldi. BAA va Iroq pley-offda soʻnggi yoʻllanma uchun bellashadi.
Oldiroq Janubiy Amerika davlatlaridan Argentina, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, Osiyodan Oʻzbekiston, Avstraliya, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iordaniya, Okeaniyadan Yangi Zelandiya yoʻllanmalarga ega chiqqandi. Yevropa mintaqasidan esa Angliya birinchi boʻlib bu ishni uddaladi.
AQSH, Meksika va Kanada musobaqa tashkilotchilari sifatida ishtirokchilar safidan joy olgan.
Jahon chempionati 2026-yilning 11-iyun — 19-iyul kunlari Shimoliy Amerikaning uch davlati — AQSH, Kanada va Meksikada oʻtkaziladi. Eʼtiborlisi, birinchi marta final bosqichida 48 ta jamoa qatnashmoqda. Ular 12 guruhga boʻlingan holda sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.
Ispaniyaning “Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Xavi tezkor soʻrovnomada 2026-yilgi jahon chempionatida Ispaniyani favorit deb atadi.
Uning soʻzlariga koʻra, turnirning eng yaxshi toʻpurari va eng qimmat futbolchisi “Barselona”ning 18 yoshli aʼzosi Lamin Yamal boʻladi. U, shuningdek, Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borgan Marokashni turnir syurprizi boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, eng yaxshi yosh oʻyinchi “Barselona”ning yana bir aʼzosi Pedri boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring