Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi. Unda Kaspiyboʻyi davlatlari delegatsiyalari qatorida oʻzbekistonlik bir guruh jurnalistlar ham ishtirok etdi.
Mediaforumda mintaqa davlatlari oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining muhim oʻrniga oid bir necha mavzular boʻyicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, media taʼlim va umuman yuqori professional jurnalist kadrlar tayyorlash borasidagi muammolar, tajriba, takliflar boʻyicha turli mamlakatlar vakillarining fikrlari tinglandi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonovаning yurtimizda bu borada amalga oshirilgan va jurnalistika oliy taʼlimini yanada rivojlantirish boʻyicha bajarilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, keyingi yillarda media kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan maxsus Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilgani, bir necha markaziy va mahalliy oliy oʻquv yurtlarida jurnalistika fakultetlari ochilgani haqidagi maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiborini tortdi. Shu bilan birga mamlakatimizdagi jurnalistlarni qayta tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi.
Ahmadali Shernazarov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring