Aslida boshlangʻich sinfni rus tilida oʻqiganman — Gulbahor Erqulova oʻzbek tili va milliy qadriyatlar haqida gapirdi
Foto: «Халқ сўзи»
Oʻzbekiston boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida “Ziyolilar forumi” tashkil etildi. Unda professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktor oʻrinbosari Munira Qahhorova ishtirok etdi.
Tadbirda professorlardan biri barcha telekanallar orqali maqom vaqti tashkil etilishini taklif etdi. Shundan soʻng Gulbahor Erqulova maqom haqida soʻz yuritdi.
“Fikringizga qoʻshilaman. 30 ta telekanal boʻlsa, barchasidan bir xil yuzlar chiqadi. Baʼzida tomoshabin charchaydi ham, menimcha.
Toʻgʻri, barchasini oʻz oʻrni bor. Estrada ham, lirikada ham, maqomda ham ijod qilish kerak. Cheklashga qarshiman. Ammo maqomni zerikarli deb ataydiganlarga qarshi chiqishga majburman. Maqomni men ijod qiladigan yoʻnalish boʻlgani uchun emas, milliyligimizni oʻzida aks ettirgani uchun qadrlayman. Aslida men ham juda zamonaviy insonman. Yaqindan taniydiganlar biladi.
Hatto boshlangʻich sinfni rus tilida oʻqiganman. Lekin oʻzbek tili hamda milliy qadriyatlar, anʼanalarga zid ish qilsam oʻzimni gunohkordek his qilaman. Bu holatga kimdir vatanparvarlik deb taʼrif berar, yana kimdir koʻzboʻyamachilik. Menga boshqalarni qanday qarashi ahamiyatsiz”, dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring