“Artel” toza ichimlik suvi muammosidan qiynalayotgan Oʻrtaqishloq aholisiga artizan qudugʻi qazib berdi

BMTning maʼlumotiga koʻra, dunyo aholisining qariyb 40 foizi yashaydigan joyda toza ichimlik suvi yetishmaydi. Afsuski, bu muammo Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmagan, mamlakatimizda ham toza ichimlik suvi muammo boʻlgan, yashash sharoiti ogʻir chekka hududlar bor. Bu hududlarda yashayotgan aholiga kunlik suv ehtiyojini qondirish oson emas.
“Artel” kompaniyasi suv muammosidan aziyat chekayotgan hududlardan biriga toza ichimlik suvi yetkazib berishdek savobli ishga qoʻl urdi.
Kompaniya rahbariyatiga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Chorvador QFYga qarashli Oʻrtaqishloq aholisining qilgan murojaati eʼtibordan chetda qolmadi. Uzoq yillardan ichimlik suvini olis masofadan tashib ichadigan suvga uzoq navbatda turib olib keladigan qishloq aholisi kompaniyaga yordam soʻradi.
Qishloq aholining asosiy daromadi chorva mollari hisoblanadi. Suv tanqisligi, uning yaroqsizligi sabab chorva mollarida ham kasalliklar koʻpaygani aholi turmush darajasiga sezilarli zarar yetkazgan. Shu kabi sabablar tufayli oʻrtaqishloqliklar uzoq yillar davomida turli idora va tashkilotlarga mazkur masalani hal etishni soʻrab murojaatlar qilgan. Hatto ularning chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga ham sabab boʻlgan.
“Artel” kompaniyasi rahbariyati mazkur holatni oʻrganib Oʻrtaqishloq aholisi uchun artizan qudugʻini qazib berdi. Yaʼni qisqa muddatda jami qiymati 300 million soʻm mablagʻ evaziga 200 metr chuqurdan ichishga yaroqli suv chiqarib berildi. Ushbu artizan qudugʻi aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondiradi.
«Avvallari farzandlarimiz uzoq masofadan eshak-aravalarda suv tashirdi. Ertalab borsangiz, kechga tomon navbatingiz keladi. Axir suvsiz yashab boʻlmasa, odam ham, tiriklik, ekin, chorva ham suv bilan boʻladi. Endi bunday muammolar boʻlmaydi, chunki suv keldi, bu ishga bosh-qosh boʻlgan “Artel” kompaniyasiga rahmat. Ular nafaqat bizni, chorva, ekinlarimizni ham oʻylashdi va katta hovuz ham qurib berishdi. Hovuzda oʻrdaklarimni ham boqyapman», deydi oʻrtaqishloqlik Halima opa Mamatqulova.
Artel kompaniyasi mutasaddilarining taʼkidlashicha, kompaniya rahbariyati bu kabi xayrli ishlarni doimiy amalga oshirish istagida.
Hamkorlik huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring