Independent: Buyuk Britaniya Grenlandiyaga bir nafar harbiyni yubordi
Buyuk Britaniya Daniyaning iltimosiga koʻra Grenlandiyaga Qurolli kuchlar vakilini yubordi. U “Arktik bardosh” nomli harbiy mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida ishtirok etadi, deb yozadi The Independent.
Xizmatchi harbiy mashgʻulotlar boshlanishi arafasida orolga yuborilgan Shimoliy Atlantika alyansi (NATO)ga aʼzo boshqa davlatlar harbiylariga qoʻshiladi.
The Independent nashri yozishicha, London AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga Xitoy va Rossiya tomonidan ehtimoliy tahdid mavjudligi haqidagi xavotirlarini boʻlishadi.
“Biz prezident Trampning Qutb mintaqasidagi xavfsizlik holatiga oid tashvishlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. NATO va Buyuk Britaniya yetakchiligidagi Birlashgan ekspeditsion korpus Qutb mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlamoqda”, — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri devoni vakili.
“Arktik bardosh” — Daniya tomonidan oʻtkaziladigan harbiy mashgʻulotlar boʻlib, u Shimoliy Yevropadagi harbiy oʻquv dasturining bir qismi hisoblanadi va sovuq iqlim sharoitida ittifoqchi qoʻshinlarning chidamliligi hamda jangga tayyorligini oshirishga qaratilgan. Mashgʻulotlar Buyuk Britaniya rahbarligidagi Birlashgan ekspeditsion korpusning jangga shayligini sinovdan oʻtkazish va oʻzaro hamkorlikni yaxshilashni maqsad qilgan boʻlib, unda Shimoliy Yevropaning 10 ta davlati ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring