“Arsenal” jamoasi “Lids”ni ayab oʻtirmadi
Kecha Angliya Premyer ligasi 2-turi doirasida Londonning “Arsenal” jamoasi oʻz maydonida liga debyutanti “Lids Yunayted” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga “Sporting” jamoasidan 65,8 million yevroga xarid qilingan Viktor Gyokeres (2 ta), Yurriyen Timber (2 ta) va Bukayo Saka mualliflik qildi.
Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda 2 ta gol kiritgan qanot himoyachisi Yurriyen Timberning oʻyini “Sofascore” portali tomonidan 10 ballga loyiq koʻrildi. Maʼlumot uchun, “Sofascore” oʻtgan yilgi mavsum faqatgina 4 ta futbolchining oʻyinini 10 ballga baholagan edi.
Eslatib oʻtamiz, chempionlik uchun asosiy daʼvogar sifatida eʼtirof etilayotgan “Arsenal” Premyer ligadagi keyingi turni 31-sentyabr kuni asosiy raqibi “Liverpul”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring