Arxeologik koʻrgazmaga qariyb 150 000 kishi tashrif buyurdi
“Madaniy meros va arxeologiya sohasidagi «Bir makon, bir yoʻl” hamkorligi» arxeologik koʻrgazma oʻz ishini yakunladi. Koʻrgazma Pekindagi “Gugun” imperator saroyi muzeyida “Bir makon, bir yoʻl” anjumani doirasida boʻlib oʻtdi.
Koʻrgazma xalqaro jamoatchilik tomonidan keng eʼtirofga sazovor boʻldi. 3 oygina ichida koʻrgazmaga qariyb 150 000 kishi tashrif buyurdi.
Tashrif buyuruvchilar Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan keltirilgan 80 dan ortiq muzey eksponatlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Koʻrgazma bir necha boʻlimlarga boʻlingan boʻlib, ularda Buyuk Ipak yoʻli boʻylab istiqomat qilgan xalqlar madaniyati va sanʼati rivojining turli davrlari aks ettirilgan.
Yurtimizdan Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi madadi bilan Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida saqlanayotgan 18 ta eksponat taqdim etildi.
Shu kabi imkoniyat va tashabbuslar bois Oʻzbekistonning boy madaniy merosi xalqaro jamoatchilikka namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring