Arab va musulmon davlatlarining Gʻazo boʻyicha rasmiy pozitsiyalari zaif — HAMAS
Foto: TASS
Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi aʼzosi Usama Hamdan arab va musulmon davlatlarining Gʻazo sektoridagi vaziyat boʻyicha rasmiy pozitsiyalarini zaif, deb atadi.
“Arab va musulmon davlatlarining rasmiy pozitsiyalari zaif, ular Gʻazoda ishgʻol (Isroil - tahr.) keltirib chiqarayotgan qirgʻinlar koʻlamiga yetib bormayapti”, - dedi arab telekanallari orqali chiqish qilgan Hamdan.
Bungacha AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni tinch aholini xavfli hududlardan olib chiqish uchun gumanitar sulh tashkil etishga undagani haqida xabar bergandik. Isroil hukumati rahbari esa bu taklifni rad etdi.
“Biz gʻalaba qozonmagunimizcha toʻxtamaymiz”, dedi Netanyaxu.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga oldi.
Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
2023-yil 28-oktyabrda Isroil Gʻazoda quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Yaqin Sharqda navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlarning umumiy soni 9227 nafarga yetdi.
Bu haqda “Al Jazeera” telekanali Falastin anklavining sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib berdi.
Rasmiy idora maʼlumotlariga koʻra, qurbonlar orasida 3826 nafar bola va 2405 nafar ayol bor. Yana kamida 23 516 kishi tan jarohati olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring