AQShning Eronga hujumiga dunyo hamjamiyati qanday munosabat bildirmoqda?
Eronning Fordo yadroviy inshootidagi yuqori darajada boyitilgan uranning katta qismi AQSh hujumidan oldin boshqa joyga koʻchirilgan. Obyektda ishlaydigan xodimlar soni ham minimal darajada qisqartirilgan. Bu haqda eronlik yuqori lavozimli manbaga tayanib, “Mehr” nashri maʼlum qildi.
Amerikaning aerokosmik kompaniyasi “Maxar Technologies” tomonidan eʼlon qilingan fotosuratlarda ham AQSH hujumidan ikki kun oldin Fordo zavodi yaqinida bir nechta yuk mashinalari paydo boʻlganini koʻrish mumkin.
“Tasnim” agentligining xabar berishicha, Fordo yadroviy inshooti AQSh zarbalaridan keyin faqat qisman zarar koʻrgan.
AQSHning Eron yadroviy obyektlariga zarba berishiga global munosabat:
- Yevropa Ittifoqi bosh diplomat Kaya Kallas orqali Eron, Isroil va AQShni muzokaralarga qaytishga chaqirdi.
- Britaniya Vashingtonning harakatlarini qoʻllab-quvvatladi. Bosh vazir Kir Starmer Eronning yadroviy dasturini “jiddiy tahdid” deb atadi va AQSh uni cheklash uchun harakat qilganini aytdi.
- Saudiya Arabistoni hujumlarni qoralab, xalqaro hamjamiyatni diplomatik yechimga chaqirdi.
- Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto nizoning keskin avj olishi haqida ogohlantirdi. Uning fikriga koʻra, zarba Yaqin Sharqdagi mojaroni oʻzgartiradi va Tehronning keskin javobini keltirib chiqarishi mumkin.
- Qozogʻiston kelishmovchiliklarni BMT Nizomi doirasida muzokaralar yoʻli bilan hal etish tarafdori boʻlsa, Iroq hujumlar davom etadigan taqdirda xavfli burilishlarni bashorat qilmoqda.
- Oʻmon hujumlarni noqonuniy tajovuz deb atadi va zudlik bilan vaziyatni yumshatishni talab qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring